Abulabbos Mursiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abulabbos Mursiy“Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Shayx Abulhasan Magʻribiy Shoziliyning muridi. Magʻrib (hozirgi Tunis)ning amiri Sulton Yaʼqub uning huzurida tavba qilib, ulugʻ darajalarga yetishgan. Shayx Najmiddin Abdulloh Isfahoniyning ustozi.

Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni qisqartirib kiritgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.