Abul Muzaffar Rustamxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abul Muzaffar Rustamxon( Rustam Mirzo) — Oq qoʻyunli davlatining beshinchi sultoni (XV-asr - 1497). Hukmronligi 1492-1497-yillar. Rustam Mirzo Bag‘dod hokimi Maqsudbekning o‘g‘li,Uzun Hasanning nabirasi bo‘lgan. U Tabrizda dunyoga kelgan. 1478-yil 6-yanvarda Uzun Hasan vafotidan keyin, otasi Maqsudbek yangi sulton bo‘lgan akasi Sulton Xalil ga qarshi chidi. Ammo muvaffaqiyatsizlikka uchrab, qatl etildi. Shundan so‘ng, Rustam bir muddat yashirinib yurdi. Keyingi hukmdor Yoqub davrida esa Tabrizga qaytib keladi. 1490-yilda Rustam yangi sulton Boysung‘urga qarshi fitna tayyorlay boshladi. Nihoyat, 1492-yilga kelib, uni qojar va bir qancha qabilalar qo‘llab-quvvatlay boshladilar. Sulton Boysung‘ur taxtdan tushirilib, o‘rniga o‘zi o‘tirdi. Hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan Rustam sobiq sulton taraforlarini 1493-yilgacha yo‘q qilib tashladi. 1493-yilda sulton Rustam Ardabil hukmdorlari Safaviylarga qarshi kurash boshladi. Oqquyunlilar bu hududlarda o‘z hokimiyatlarini tiklab, Shayx Haydarning vorisi Ismoil Safaviyni yengdilar. Shoh Ismoil Safaviy qochib ketishga majbur bo‘ldi. Keyingi yillarda sulton Rustam faol tashqi siyosat olib bormay, saroydagi rohatini ko‘rdi. 1497-yilga kelib Usmonlilar imperiyasi ko‘magi bilan uning qarindoshi yosh Ahmad sulton Rustamga qarshi ko‘tarildi va Gruziyaga qochib ketgan sultonni tezda taslim etdi. Yosh Ahmad esa Oqquyunlilarning navbatdagi hukmdori bo‘ldi.