Abul Hasan Marzubon oʻgʻli Baxmanyor
Haqidagi turkumning bir qismi |
Ibn Sino |
---|
Asarlari |
Fikrlar |
Shogirdlari |
Yodgorliklari |
Abul Hasan Marzubon oʻgʻli Baxmanyor (? — 1067) — ozarbayjon faylasufi. Ibn Sinoning shogʻirdi. Forobiy va Ibn Sino taʼlimotlarini himoya qilgan va rivojlantirgan. Islom aqidalarini asoslashda aristotelizm va neoshgatonizmdan foydalangan. B. mavjudot haqida panteistlarcha fikr yurittan (k-Panteizm). U olamni "boshlangʻich ruhiy sabab" — Allohdan keltirib chiqaradi va emanatsiya asosida tushuntiradi; barcha mavjud narsalarni oʻrta asr falsa-fasida keng tarqalgan tushunchalar — vujudi mumkin, vujudi vojib asosida talqin etishga harakat qiladi. B. bilish nazariyasida aqliy bilishni himoya qilib, ratsionalizmnn rivojlantirdi. B.ning "Mabod attabiat ("Metafizika") va "Marotib al-mavjudot" ("Mavjudotning martabalari") (Qohira, 1911, arab tilida; Leypsig , 1851, nemis tilida) asarlarida mavjudot va bilish masalalari qarab chiqilgan. "Kitob attahsil" ("Tahsil kitobi") va "az-Ziynat" ("Ziynatlash") asarlari mantiq ilmiga, "al-Baxjad va as-saodat" ("Goʻzallik va baxt") kitobi axloq masalalariga bagʻishlangan. B. bilan Ibn Sino oʻrtasidagi falsafiy yozishmalarning keyinchalik koʻchirilgan ayrim nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |