Abubakr Qasriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abubakr Qasriy – “Nasoyim ul-muhab­bat”da tilga olingan tasavvuf shay­xi. Furot daryosining qirgʻogʻida joylashgan Qas­ri Hubayra shahrida tugʻilgani uchun “Qasriy” taxallusini olgan. Asosan Sheroz shahrida yashagan. Ladunniy ilmining sohibi. Abu Abdulloh Xafif Sheroziy bilan suhbatda boʻlgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat". "Sharq" NMAK, 2016.