Abu Yaʼqub Ziziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Yaʼqub Ziziy“Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Malomatiylik tariqatining ulugʻ shayxlaridan. Ibrohim Xavvos bilan tavakkul masalasida qilingan bahsda gʻolib chiqqan. Samoʻ majlisida vajd holiga tushib vafot etgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni qisqartirib kiritgan[1][2][3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat. 
  3. Nafahot ul-uns.