Abu Tolib (shoir)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Abu tolib (Abdusalom ibn al-Husayn al-Ma’muniy) (taxminan 950, Bagʻdod –994, Buxoro) – shoir. Xalifa ll-Ma’mun avlodidan. Ray va Nishopurda yashagan. 980-yillarda Buxoroga kelgan, umrining oxirigacha shu yerda yashagan. Buxoroda zamondoshlari orasida qasida va vasf janrlarining yirik namoyandasi boʻlgan. Abu Mansur Saolibiyning "Yatimat addahr" ("Zamona ahlining fazilatlari haqida yagona durdona") tazkirasining 3-bobi asosan A. T. ga bagʻishlangan. Asarda uning 332 baytli 96 ta vasfi hamda qasidalaridan parchalar keltirilgan. Koʻpchilik qasidalarini islom she’riyati ruhida, sof arab uslu-bida yozgan. Vasflarida oziq-ovqat, mevalar, buyum-ashyolar, tabiat hodisalari va boshqa tavsif qilingan.Ad.: Oʻzbek adabiyoti tarixi, 5 jild-li, 1-jild, T., 1977; Abdullayev I., Po-eziya na arabskom yazike v Sredney Azii i Xorasane X – nachala XI v., T., 1984.