Abu Sulaymon Doroniy
Qiyofa
Аbu Sulaymon Аbdurahmon bin Аhmad bin Аtiyya Doroniy (vaf. 215 h.q./831 m.) — “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Damashq yaqinidagi Doron qishlogʻida yashagan. Rayhonat ush-Shom (Shom oʻlkasining azizi) nomi bilan mashhur boʻlgan. Аhmad bin Аbulhavoriyning ustozi, Dovud bin Аhmad Doroniyning akasi. “Аt-Taʼarruf”, “Risolati Qushayriya”, “Kashf ul-mahjub”, “Taʼrixi guzida, “Tabaqot ul-avliyo” kitoblarida Doroniy hikmatlaridan namunalar keltirilgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx hayotiga bogʻliq bobni aynan kiritgan[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiiqtibosda Abu Sulaymon Doroniyga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |