Abu Lays Zovariy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Lays Zovariy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi roviy

Abu Lays Zovariy (arabcha: أبو الليث الزاوري — Abu Lays Nasr ibn Sayyor ibn Fath Zovariy Samarqandiy) — roviy.

Abu Lays Zovari Oʻrta asrlarda Ishtixon shahriga qarashli Zovar qishlog‘ida tugʻilgan. Uning bolaligi tugʻilib oʻsgan qishlogʻi Zovarda oʻtgan. Boshlangʻich taʼlimni ham shu yerda olgan.

Ustozlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keyinchalik Abu Lays Zovariy „Sunani Dorimiy“ kitobining sohibi Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurahmon Dorimiy va Abd ibn Humayd Keshiy, Saʼid ibn Abu Zaydun, Ahmad ibn Sinon Qatton va Yunus ibn Abdulaʼlo Sadafiy kabi muhaddislardan hadis ilmi borasida taʼlim olgan va ulardan hadislar eshitgan, yozib olgan hamda rivoyat qilgan[1].

Ilmiy safari[tahrir | manbasini tahrirlash]

U ilm talabida Xuroson, Iroq, Misr kabi bir qancha mamlakatlarga safar qilgan. Ushbu oʻlkalarda hadis ilmining sir-sinoatlarini puxta oʻzlashtirgan.

Shogirdlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻz navbatida Nasr ibn Sayyor Zovariydan Abu Amr Muhammad ibn Ishoq Usfuriy va Abu Yahyo Ahmad ibn Muhammad ibn Ibrohim Karbisiy kabi allomalar hadislar rivoyat qilganlar. Manbalarda Abu Lays Zovariyning oʻz zamonasining taniqli hadis roviylaridan hisoblanganligi, ilm olishga harakati va ishtiyoqi juda kuchli boʻlganligi taʼkidlangan va shu bois koʻp ilm oʻrganib, kitoblar tasnif qilganligi qayd etilgan. Afsusuki, u tomonidan tasnif etilgan kitoblari bizgacha etib kelmagan.[2]

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Lays Zovariy 294/907 yil vafot etgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. 60.
  2. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 540.
  3. Abdulkarim Samʼoniy. Ansob. J. 6. — Qohira, 1998. 225.