Kontent qismiga oʻtish

Abu Dovud Tayolisiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Dovud Tayolisiy
أبو داود الطيالسي
Tavalludi 133/750-751, Basra
Vafoti 204/819-820, Basra
Kasbi muhaddis
Dini Islom

Abu Dovud at-Tayolisiy (toʻliq ismi: Abu Dovud Sulaymon ibn Dovud at-Tayolisiy, arab. أبو داود سليمان بن داود الطيالسي) (750/751 – 819/820) – hijriy ikkinchi asrning musulmon olimi va muhaddisi[1]

Tayolisiy hijriy taqvim boʻyicha 133-yilda (milodiy 750 yoki 751-yillarda) Iroqning Basra shahrida tugʻilgan. Dastlabki ta’limni oʻz shahrida tamomlagan, soʻngra oliy taʼlim olish uchun Bagʻdodga koʻchib oʻtgan va u yerda oʻsha davrning Hammod ibn Salama, Abu Avona va Muhammad ibn Abdurrahmon kabi buyuk olimlaridan saboq olgan. Tayolisiy barcha muhaddislar tomonidan juda ishonchli roviy sifatida e’tirof etilgan. U oʻzining kitobini (“Musnad at-Tayolisiy”ni) yozish uchun Muhammad alayhissalomning hadislarini toʻplash maqsadida koʻplab mamlakatlar boʻylab sayohat qilgan. Tayolisiy hijriy 204-yilda Basrada vafot etgan[2].

U koʻplab asarlar yozgan, biroq ularning orasida eng mashhuri “Musnad at-Tayolisiy” hisoblanadi[3][4][5].

  1. „Abu Dawood Al-Tayalisi“. www.arabnews.com. Qaraldi: 30-aprel 2019-yil.
  2. „Scholars of renown: Abu Dawood Al-Tayalisi“. www.arabnews.com. Qaraldi: 30-aprel 2019-yil.
  3. Musnad Abi Dawud al-Tayalisi. ISBN 9789772561971. Qaraldi: 30-aprel 2019-yil. 
  4. Musnad Abi Dawud al-Tayalisi. ISBN 978-9772561971. 
  5. Manhaj al-Imam Abi Daud al-Tiyalisi fi musnadihi : dirasah tahliliyah naqdiyah.. OCLC 957321947. Qaraldi: 30-aprel 2019-yil.