Abu Amr Dimishqiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Amr Dimishqiy – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Abu Abdulloh Jallo, Zunnun Misriy, Ali bin Bundor So‘fiy Sayrafiy, Abulhusayn Darroj, Abulhasan So‘fiy Fushanjiy, Abu Abdulloh Xafif Sheroziylar suhbatidan bahramand bo‘lgan. Valiylar o‘z karomatlarini pinhon tu­tishlari farz, degan aqidani ilgari surgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx hayotiga bog‘liq bobni qisqartirilgan holda kiritgan[1].

Shayx Abu Amr Dimishqiy 932-yilda vafot etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". "Sharq" NMAK, 2016.