Abu Abdulloh Muqriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muqriy, Abu Abdulloh Muhammad bin Ahmad bin Muhammad (vaf. 970) – “Naso­yim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Yusuf bin Husayn Roziy, Abdulloh Xarroz, Muzaffar Kirmonshohiy, Ruvaym, Jurayriy, Ibn Ato suhbatidan bahramand boʻlgan. Muqriy yoshligidayoq otasidan yetim qoladi, meros qolgan ellik ming diramning barchasini darveshlarga sadaqa qilib, yolgʻiz va yoʻl ozigʻisiz, tajrid va tavakkul bilan haj farzini ado etadi.

Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx hayoti haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.