Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Moja ar-Rab’i al-Qazviniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ibn Moja, to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Moja ar-Rab’i al-Qazviniy — yirik muhaddis.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibn Moja 824-yilda Qazvin shahrida tugʻilgan. U hofiz, to‘g‘riso‘z tanqidchi, keng fikrli olim bo‘lgan. U yoshligidan Payg‘ambar (sav)ning hadislari va b. diniy ilmlar bilan shugullana boshlagan. Hadis yig‘ish niyatida Iroq, Hijoz, Shom, Misr, Kufa, Basra va islom olamining boshqa shahar va davlatlariga sayohat qilib, ko‘plab shayx, muhaddislardan dars olgan, bahs va munozaralarda ishtirok etgan va hadis ilmining yetuk bilimdoni darajasiga yetishgan. Ibn Moja ko‘plab shogirdlar yetishtirgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibn Mojaning eng yirik asarlari sirasiga „Kitob as-Sunan“ („Payg‘ambar sunnati haqida“), „Tafsir al-Qur’on al-Karim“ („Qur’oni karimga tafsir“), „Kitob at-Tarix“ („Tarix kyitobi“). Ibn Moja ijodining bosh asari bo‘lmish „Sunan“ asarini musulmon olimlarining ko‘pchiligi „Sihah as-sitta“ („Olti sahih hadislar to‘plami“)ga oltinchi to‘plam sifatida kiritganlar. Uning ushbu asari 32 qism, 1500 bobdan iborat bo‘lib, 4341 ta hadis jam qilingan, ulardan 3002 tasi beshta „Sahih“ to‘plamlariga berilgan hadislar bilan mos keladi. 1339 ta hadis qo‘shimcha hisoblanadi. Ibn Moja „Sunan“ asariga Al-Hofiz Jaloliddin as-Suyutiy (1505 y. v.e.) va Shayx as-Sindi al-Madiniy (1725 y. v.e.) sharxlar yozishgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Husniddinov, Zuhriddin. Islom Ensiklopediyasi. Toshkent: „O'zbekiston milliy entsiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.