Abu Abdulloh Iloqiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Abdulloh Iloqiy (asl ismi Sharafuddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf al-Iloqiy) (tugʻilgan yili maʼlum emas — vafoti 1068-yil) — oʻrta asrda yashagan mashhur hakim, Ibn Sinoning shogirdlaridan biri. Iloq vohasi (hozirgi Toshkent viloyatining Ohangaron daryosi atrofidagi yerlar)da tugʻilgan (taxallusi shundan olingan) . Dastlabki maʼlumotni Shosh (Toshkent) madrasalaridan birida olib, soʻng oʻz bilimini takomillashtirish uchun dastlab Buxoro, keyin Urganchga borib tahsil olgan. Bu yerda u Ibn Sino bilan uchrashgan. Iloqiy tibbiyotdan tashqari falsafa va tarix bilan ham qiziqqan. „Kulliyoti tibbi Iloqiy“ („Iloqiyning tabobat haqida risolalar toʻplami“) asarida tibbiyot tarixiga oid maʼlumotlar berilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil