Abris

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abris (nem. abrip – chiziq, xomaki rasm) – 1) reproduktiv litografiyaga – ko‘chirilayotgan tasvir qiyofasi; shaffof material – plyur (yelim kat-lamli shaf-fof qog‘oz), kalka yoki jelatin plyonkaga maxsus tush bilan chiziladi; 2) geodezi-yada – dala sharoitida qo‘lda chizilgan va o‘lchamlar ko‘rsatilgan xomaki chizma; 3) harbiy ishda yo‘lning xomaki rejasi. A. jang boshlanishiga oz vaqt qolganda yoki havo yomon paytlarda harbiy muta-xassislar tomonidan ko‘z bilan chamalab chiziladi. Yo‘l qog‘ozda to‘g‘ri chiziq bilan ko‘rsatiladi. Yo‘lda uchraydigan narsalar (ko‘priklar, quruqdan aylanib va suvdan kechib o‘tiladigan joylar) nuqta yoki kichik doira bilan ko‘rsatiladi. Chiziq bilan ko‘rsatishning iloji bo‘lmasa, qog‘ozning bir chetida qisqa sharh beriladi. A., odatda, harita o‘rnida ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Abris" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil