Abrbandi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abrbandi (fors-toj.) – atlas, shoyi tanda iplariga gul (naqsh) solish usuli. Bu usul qo‘l mehnatiga asoslangan: naqshdor qilib bo‘yaladigan tanda iplarini oldin qatqoziqqa o‘rab, har 40 – 50 – 60 liviti bir qat qilib qatlanadi. Uning orasiga abrbandi cho‘psa solib, qo‘lqoziqlarga tarang tortib bog‘lab, livitlari yoziladi. Keyin tandaning yuzi bo‘ylab gullar chiziladi. Bu gullar bir necha rangda bo‘lishi va har bir rang alohida bosqichma bosqich bo‘yalishi lo-zim: livitlarning bir rangda bo‘yaladigan joylari ochiq qoldirilib, boshqa joylari abr iplar bilan o‘rab bo‘g‘iladi va bo‘yoqqa solib bir necha minut saqlanadi. Ipak-ka rang yaxshi singishi uchun achchiqtosh eritmasi (achchiqqozon)ga solib olinadi va quritiladi. So‘ng bo‘yoq ichgan livitlar bo‘g‘iladi, boshqa livitlari yechilib, ikkinchi xil bo‘yoqqa bo‘yaladiganlari ochiq qoldirilib, boshqalari yana mahkam bo‘g‘ilib, bo‘yoqqa solinadi va hokazo Tanda ipining abr bo‘g‘ilmay qolgan, ammo mayda gullar tushadigan joyi kosa bo‘yoqda bo‘yaladi. Tandaning hammasi bo‘yalib, achchiqtoshga solinib quritilgach, juft-langan livitlar qayta tortiladi. Gul berilgan naxlar (eniga) yoziladi va matoning butun guli to‘liq shakl oladi. Gul solingan tandaga gula ko‘tarib, tig‘dan o‘tkazilgandan so‘ng, to‘qish uchun dastgohga solinadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil