Abraziv asboblar
Qiyofa
Abraziv asboblar (keskichlar) - abraziv materiallardan maʼlum shaklda tayyorlanadigan asboblar. Abraziv asboblarning qattiq (mas, silliqlash doirasi, qayroqtosh) va yumshoq (mas, jilvir latta) xillari boʻladi. Bular metall, tosh, shisha, taxta, rezina, charm, marmar kabi tabiiy va sunʼiy materiallar sirtini silliqlashda hamda togʻ jinslarini parmalashda ishlatiladi. Oʻzbekistonda Abraziv asboblar ishlab chiqaradigan Toshkent abraziv zavodi bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Abraziv asboblar“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |