Kontent qismiga oʻtish

Aborigenlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Aborigenlar (lotincha: aborigine – qadimdan, boshdan) – 1) biror mamlakat, oʻlkaning qadimdan oʻsha joyda yashab kelayotgan tub aholisi. Qadimgi Rim rivoyatlariga koʻra, Apennin togʻlari etaklaridagi Latsiyada yashovchi qadimgi qabila aborigenlar deb atalgan; 2) oʻsimlik va hayvonlarning bir joyning oʻziga qadimdan xos boʻlgan mahalliy, jaydari nav va zotlari (qarang: Avtoxtonlar)[1].

  1. „Aborigenlar“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.