Kontent qismiga oʻtish

Abordaj

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abordaj (frans. abordaqe, bord — kema borti — qiri) — eshkakli va yelkanli kemalar bir-biriga yaqin kelganda, ikkala tomon askarlarining kemalarga oʻtib, yuzma-yuz jang qilish usuli (XIX asrgacha). Abordaj usuli eshkakli qayiqlar bilan ham katta kemalarga nisbatan odatda tunda qoʻllangan. Artilleriyaning uzoq masofaga oʻq uzish va tez otish qobiliyati kuchayishi, tezyurar kemalarning paydo boʻlishi tufayli abordaj oʻz ahamiyatini yoʻqotgan.[1]

  1. „Abordaj“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.