Abonentlar telegraf aloqasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abonentlar telegraf aloqasi – telegraf apparatlari orqali korxona va muassasalar o‘rtasida mustaqil telegraf aloqasi o‘rnatish. Abonentlar telegraf aloqasi o‘rnatish uchun avtomat yoki dastaki telegraf stansiyasi va telegraf apparatlaridan tashqari maxsus chaqirish va raqam terish moslamalari ham bo‘lishi kerak. Telegraf apparatlari aloqa liniyasi (yo‘li) orqali telegraf stansiyasiga ulanadi. Telegraf stansiyasining ishlash tarzi avtomat telefon stansiya (ATS)ning ishlash tarzidan farq qilmaydi. Abonentlar telegraf aloqasi a. axborotlarni kecha-kunduz ayir-boshlash imkoniyatini beradi (yana qarang Teleks).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Abonentlar telegraf aloqasi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil