Abonent yoʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search


Abonent yoʻli, telefon aloqa yoʻli – muassasa va xonadonlarga oʻrnatilgan telefon apparatini ikki simli kabel telefon stansiyasi bilan bogʻlovchi aloqa liniyasi (yoʻli). Uch qism: magistral, taqsimlash va bevosita ulash qismlaridan iborat. Magistral qism stansiyadan to tashqi taqsimlash qutisigacha yer ostidan oʻtkaziladi. Taqsimlash qismi tashki taqsimlash kutisidan ichki (xona ichidagi) taqsimlash qutisigacha tortiladi. Bevosita ulash qismi ichki qutini abonentning telefon apparati bilan bogʻlaydi. Telegraf stansiyasi bilan apparat oʻrtasidagi aloqa yoʻli ham Abonent yoʻli deb ataladi. Abonent yoʻli shaharlarda 1–2 km dan oshmaydi. Qishloq sharoitida va shahar chetida ochiq sim yoʻllarini ham Abonent yoʻli sifatida ishlatish mumkin.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Abonent yoʻli" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil