Abondans pishlogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abondans (fransuzcha: Abondance) — Fransiyaning Haute-Savoie departamentida ishlab chiqarilgan yarim qattiq pishloq.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abondans pishlogʻini ishlab chiqarish XIV-asrda boshlangan.

Ishlab chiqarilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pishloq maʼlum zotlardagi sigirlarning sutidan tayyorlanadi, ularning ratsionidan silos va boshqa fermentlangan ozuqalar chiqarib tashlanadi[1]. 9,5 kg ogʻirlikdagi bir bosh pishloq tayyorlash uchun 100 litr sut kerak boʻladi[1]. Pishloq pishishi davomida lattaga oʻralgan boʻlib, uning izi qobiqda aniq koʻrinadi.

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pishloq koʻk kazein dogʻlari va matoning izi tushgan silliq apelsinrang-jigarrang qobigʻiga ega. Pishloq eti yumshoq, elastik, mayin, ozgina qaymoqli, fil suyagi yoki sargʻish rangda boʻlib, gʻovaklari bor. Yogʻ miqdori 48 %. Toʻyimli, nozik, yumshoq, mevali va yongʻoqli taʼmga ega.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Французские сыры: иллюстрированная энциклопедия 2003.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Masui K., Yamada T. Fransuzskie siri : illyustrirovannaya ensiklopediya = [French Cheeses] / Kazuko Masui, Tomoko Yamada; vstup. sl. J. Robyushon; per. s angl.: S. Sapronov; foto Y. Maruyama. — SPb. : Izd. dom „Neva“, 2003. — S. 20—21. — (A Dorling Kindersley Book). — ISBN 5-7654-2333-7.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]