Abolin astragali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abolin astragali
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Astragal
Oila: Burchoqdoshlar
Binar nomi
Astragalus abolinii

Abolin astragali (lotincha: Astragalus abolinii) – ikki urugʻpallalilar sinfi, burchoqdoshlar oilasi astragal turkumiga mansub gulli o‘simlik turi. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Chotqol, Ugom va Qorjontov tizmalarida, Piskom daryosi havzasida uchraydi[1].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qisqa bo‘yli ko‘p yillik oʻt oʻsimlik. Qisqa tanasidan pastga qarab ko‘plab burama poyalar o‘sib chiqgan. Bargi murakkab, uzunligi 5-6 sm bo‘lgan novdada 4-6 juftdan joylashadi. Barg shakli yumaloq cho‘ziq. Gullari poya tepasidagi gulgulpoyada 3 yoki 9 tadan bo‘lib o‘rnashgan, ikki jinsli urug‘chibarg va changdon bitta o‘simlikda joylashgan. Gulkosachabarglari gullagan vaqtida kattalashadi va qavariq tuxumsimon shaklga kiradi. Hasharotlar yordamida changlanadi. Mevasi quruq dukkak meva, uzunligi 8-12 mm yuzasi oq, qalin tuklar bilan qoplangan. Iyunda gullab mevasi iyulda pishib yetiladi. Urug‘i orqali ko'payadi.

Tarqalishi va o‘sish sharoiti[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kamyob tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati hududida tarqalgan. Tog‘larda kichik to‘plar hosil qilib o‘sadi. Piskom daryosi havzasi atrofida katta populyatsiyasi aniqlangan. Tog‘larning yuqori qismida quyosh nuri tik tushmaydigan qoya yoriqlarida, daralarning sokin yonbag‘irlarida daraxtlar ostida o‘sadi. O‘simlik faqat ma'lum bir sharoitda o‘sishga moslashganligi, raqobatga chidamsizligi va urug‘ining unib chiqish foizi kamligi sababli areali qisqarib ketgan. Ugom Chatqol davlat tabiat milliy bog‘ida muhofaza ostiga olingan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Astragalus abolinii Popov“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.