Abobil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qanotli Ababil (Sim dumli qaldirg'och)

Abobil (arabcha) – qanotlari uzun kichik qush turi[1]. Qur’oni karimning “Fil” surasida abobilga bog‘liq qissa keltirilgan[2]. Diniy manbalarga ko‘ra, Yaman podshohi – Abraha milodiy 570-yilda Ka’bani buzish niyatida Makka tomon qo‘shin tortadi. Shu payt osmonda to‘satdan abobillar paydo bo‘lib, filga mingan Abraha qo‘shini ustiga loydan pishirilgan tosh uloqtirib, son-sanoqsiz qo‘shinni qurt yegan o‘simlik singari ilma-teshik qilib tashlaydi. NavoiyHayrat ul-abror” dostonida takabbur va xudobexabar hukmdorning taqdiri qanday ayanchli yakun topishi mumkinligini ko‘rsatish maqsadida Abobil bilann bog‘liq qissani dalil sifatida keltiradi:

"Ko‘rki, ne bir lahzada bo‘ldi qatil

Tayri abobil ila as'hobi fil".

(“Hayrat ul-abror”, 20-maqolat)[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". "Sharq" NMAK, 2016. 
  2. Qur'oni karim. 
  3. Alisher Navoiy. "Hayrat ul-abror".