Abo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abo (arab. — jun mato) — erkaklarning uzun ustki kiyimi (kalta yeng, paxtasiz, avrasi jun yoki ip matoli). Qadim Sharqda uni koʻpincha qalandar va darvishlar kiygan. A. Turkistonga islom dinining tarqalishi natijasida kirib kelgan. U toʻn maʼnosida 7-asrdan maʼlum. A. nomi turkiy adabiyotda 14-asr shoiri Sayfi Saroyining „Guliston“ asarida kiyim maʼnosida tilga olingan. Bu kiyimni 14-15-asrlarda yuqori tabaqa kishilari kiygan. 20-asrning 20- yillarigacha Samarqand va Buxoro amaldorlari kimmatli gazlamalardan kashta tikib, toshlar qadab bezatilgan A. kiygan. A.ning noyob namunalari mu-zeylarda saqlanmoqda. 20-asrning 70-80- yillaridan sanʼatkorlarning sahna kiyimi sifatida kiyishi urf boʻldi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil