Abissal yotqiziqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abissal yotqiziqlar – hozirgi za-monda Tinch, Atlantika va Hind okeanlari tubining katta (90%) qismida hosil bo‘lgan cho‘kindilar. Bunday yotqiziklar ko‘pincha 3 km dan ortiq chuqurlikda oksidlanish muhitida paydo bo‘ladi. Abissal yotqiziqlar: 1) mayda hayvon organizmlarining skletlaridan; 2) quruqlikdan shamol yoki dengiz oqimi natijasida keltirilgan mineral zarrachalardan, suv osti va suv usti vulkan jinslaridan, kosmik chan-glardan tashkil topadi. Suv organizmlarining okean tubida tezda parchalanib ketishi uchun kimyoviy sharoit bo‘lmasa, u holda organik balchiqlar hosil bo‘ladi. Lekin organizmlar okean tubida kam bo‘lsa yoki oksidlanish muhitida ularning skeletlari tezda erib ketsa, u holda ko‘proq anorganik mineral yotqiziqlar vujudga keladi. Agar bu yotqiziklar tar-kibida temir bo‘lsa, temirning oksid-lanishi natijasida loy cho‘kindilari qizil rangga bo‘yaladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Abissal yotqiziqlar" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil