Abissal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abissal (yunoncha: abyssos – tubsiz) – dengiz tubining 3000–6000 m chuqurlikka toʻgʻri keladigan qismi. Oke-an tubining 75% ga yaqin qismini egal-laydi. A.da yashash muhiti turgʻun, harorat 1–2°, suvning shoʻrligi 35‰, gidrosta-tik bosimi 300–600 atm ga yaqin, butun-lay qorongʻi boʻladi. Quyosh nuri yetib bor-masligi tufayli A.da yashil oʻsimliklar boʻlmaydi, hayvonlardan okean yuzasi-dan choʻkadigan detrit holidagi organik qoldiqlar va boshqa hayvonlarning murdasi bilan oziqlanadigan goloturiyalar, dengiz yulduzlari, dengiz nilufarlari, ayrim ikki tavaqali mollyuskalar, koʻp tuk-li chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, bulutsimonlar va bir qancha baliqlar uchraydi. Mikroorganizmlar saprofit bakteriyalar va ayrim zamburugʻlardan iborat. A.da doimiy hayot kechiradigan koʻpchilik organizmlar gidrosta-tik bosimning oʻzgarishiga juda sezgir boʻlganidan suvning sayoz joylarida uch-ramaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Abissal" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil