Abidjan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abidjan – Kot-d’Ivuardagi shahar (1960–83 yillarda poytaxt) va asosiy port. Abidjan departamentining ma’muriy markazi. Gvineya qo‘ltig‘i sohilida. Maydoni qariyb 20 km². Aholisi shahar atrofi bilan 2 mln. kishi (1985), asosan afrikaliklar. Abidjan – Afrikadagi zamonaviy shaharlardan. Abidjanga 19-asrning 80-yillarida fransuzlar asos sol-gan. 1934 yildan Fransiyaning Fil Suyagi Qirg‘og‘i mustamlakasining ma’muriy markazi. Mamlakatning tashqi savdosi Abidjan orqali olib boriladi. Abidjan G‘arbiy Afrikaning eng yirik portlaridan biri, xalqaro aeroport bor. Oziq-ovqat, nef-tni qayta ishlash (G‘arbiy Afrikadagi eng katta neftni qayta ishlash zavodi), yengil sanoat korxonalari mavjud. Universitet, Dakardagi Qora Afrika institutining fili-ali, bir necha teatr, kutubxonalar, radio-stansiya, telemarkaz va boshqa bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Abidjan" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil