Kontent qismiga oʻtish

Aberdin-angus qoramol zoti

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Aberdin-angus qoramol zoti — XVII a.da Shotlandiyaning Aberdin va Angus grafliklarida yetish tirilgan qadimgi qoramol zoti. Avvallari bu zotli mollardan yerni haydashda foydalanishgan. XIX a.ning oxirlarida anguslar AQSHning Kanzas shtatiga olib kelin gan va shu yerda ularning zoti yaxs hilangan. Bu yerda hayvonlarning tez yetiluvchanligi asosiy sabab bo‘lgan. XX a.da esa anguslar eksportga chiqa rilgan. Ular Avstraliya, Yangi Zelan diya, Kanada va Argentinaga eksport qilingan. Ularning tusi qora, shoxsiz, tanasi silindrsimon, oyoqlari kalta va baquvvat. Ushbu zotga mansub sigirlarning tirik vazni 500–550 kg, buqalarining tirik vazni 750–800 kg, ba’zan 1000 kg gacha yetadi. 15–16 oylik axtalan gan buqachalari 450–460 kg go‘sht qiladi. 1960-y.dan O‘zbekistonda A. a. q. z.ni jaydari qoramol zotlari b-n chatishtirish ishlari boshlangan. Hoz. vaqtda Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va b. viloyatlardagi xo‘jaliklar sharoitida bu zotning imkoniyatlarini o‘rganish davom ettirilmoqda. A.-a. q. z.lari quyidagilar b-n farq lanadi: kichkina boshi, chiqib turgan peshonasi, tor ensali va kalta tum shuqli, chandir yelkaga o‘tgan kal ta, yo‘g‘on bo‘yinli, chuqur va keng ko‘krakli, dumaloq, mushaklari yaxs hi rivojlangan, mayin tuklar b-n qop langan teri, yag‘rini va orqasi to‘g‘ri, teri qoplami yupqa. Anguslar tez o‘suvchanlik qobili yatiga ega. Bo‘yi keraklicha o‘sgandan keyin, tez vazn olishni boshlaydi. Juda tez semirib ketadi. A.-a. q. z. go‘shtli zot. Sut berish qobiliyati juda past. Iq lim sharoitiga tez moslashadi. A.-a. q. z.ini boshqa sut beruvchi zotli mollar b-n chatishtirganda paydo bo‘ladigan mollar nafaqat angus zotining belgi larini o‘zida mujassam etadi, balki yaxshi sut berish qobiliyatiga ham ega bo‘ladi. Anguslarning marmar go‘shti xushbo‘y va ajoyib ta’mli hisoblanadi va ko‘plab mamlakatlarda tansiq taom sifatida qadrlanadi. Urg‘ochi anguslar erta balog‘at yoshiga yetadi va tez bo lalaydi. Ularning terisi juda chiroyli sanaladi va sumka i.ch.da ishlatiladi.