Aberdin
Aberdin — Birlashgan Qirollikdagi shahar, Shotlandiyada. Grampian rayonining maʼmuriy markazi. Aholisi 211 ming kishi (1988). Shimoliydengiz boʻyidagi port va dengizdagi neft konlarining boshqaruv markazi. Baliq qayta ishlanadi. Toʻqimachilik, kemasozlik, kimyo korxonalari, universitet (1494), gotika sobori (1336-1522) bor. XII-XIV asrlarda Shotlandiya qirollarining qarorgohi. Aberdin atrofidan granit qazib olinadi. [1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |