Kontent qismiga oʻtish

Abelyar Pyer

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Peter Abelard (1079-1142) — fransuz faylasufi, ilohiyotchisi va shoiri. Sxolastik mantiq asoschilaridan. Abelard har bir hodisani koʻr-koʻrona eʼtiqodga asoslangan holda emas, balki fikr yuritish asosida baholashni targʻib etganligi uchun cherkov vakillarining gʻazabiga duchor boʻlgan. Abelard „ha va yoʻq“ asarida xristian dini nazariyotchilari qarashlarining bir-biriga qaramaqarshi ekanligini ochib bergan. Abelard taʼlimoti 1121 va 1140-yillardagi soborlarda muhokama etilgan. Universaliy (umumiy tushuncha) tabiati haqidagi munozarada keyinchalik konseptualizm deb atalgan taʼlimotni rivojlantirdi. Abelardning Eloizaga boʻlgan fojiaviy muhabbati oʻzining „Mening koʻrgan-kechirgan musibatlarim“ avtobiografik asarida bayon etilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil