Abel Pacheco

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Pacheko Abel de la Espriella (1933.22.12, San-Xose) – Kostarika davlat arbobi. Kostarika Milliy universiteti va AQSHning Luiziana davlat universitetini tugatgan. Psixiatriya klinikasi direktori, Kostarika universitet tib-biyot fakulteti professor (1973–76), televideniye sharhlovchisi, mualliflik televizion dasturlarini olib boruvchi (1976–96). Kostarika Sotsial-xristian birlik partiyasi prezidenti (1996), Sotsial-xristian birlik partiyasidan Kostarika parlamentida kongress aʼzosi (1998–2002). 2002-yil 7-apreldan Kostarika Respublikasi prezidenti.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Andoza:Kosta-Rika Prezidentlari