Abduxalil Razzoqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Abduxalil Abduxoliqovich Razzoqov
Tavalludi 1939, 4 oktabr
Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Yorug‘ qishlog‘i
Vafoti 2013, 11 dekabr
Millati Oʻzbek
Sohasi Iqtisodiy tarix
Alma mater Oʻrta Osiyo Davlat Universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti)

Abduxalil Abduxoliqovich Razzoqov - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq taʼlimi xodimi(1992), tarix fanlari doktori, professor(1991), Oliy taʼlim aʼlochisi(1999), Xalq taʼlimi aʼlochisi(2001), Xalqaro Oliy taʼlim fanlari akademiyasi akademigi(2008).

Hayoti va faoliyati[tahrir]

Abduxalil Abduxoliqovich Razzoqov 1939 yilning 4 oktabrida Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumani Yorug‘ qishlog‘ida tavallud topgan. Otasi, Abduxoliq Razzoqov Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan mehanizator, onasi, Salima Razzoqova uy bekasi boʻlgan. Oʻrta maktabni tugatgach(1957), Oʻrta Osiyo Davlat Universiteti, hozirgi OʻzMUda(1957-1962), keyinroq Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika Institutida(1983) taʼlim olib, imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

1962-1968-yillarda Oʻrta Osiyoda suv muammolarini oʻrganish borasida O‘rta Osiyo gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish institutida kichik ilmiy xodim, aspirant boʻlgan.

1968-1971-yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya institutida kichik ilmiy xodim boʻlgan.

1971-2009-yillarda Tohskent Xalq Xoʻjaligi Institutida(hozirgi TDIU) katta oʻqituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan.

1971-yilda "Mirzachoʻldagi sugʻoriladigan yerlar meleoratsiyasi tarixi(1917-1967 yy.)" mavzusidagi dissertatsiya ishiga tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasi berilgan.

1991-yilda "Oʻzbekistonda meleoratsiya tarixi" mavzusidagi dissertatsiya ishi uchun tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.

Xorijiy ilmiy safarlari[tahrir]

1988-yilda Yugoslaviya (Makedoniya)da ilmiy-pedagogik safarda bo‘lgan.

1995-yili Markaziy Osiyoni o‘rganish bo‘yicha Yevropa jamiyati (ESCAS) aʼzosi sifatida Kopengagen shahridagi V konferensiyada ishtirok etdi.

1997-yili Nyu-York shahrida BMT institutida stajirovka o‘tgan.

1998-yili Venesiya shahrida ESCASning VI konferensiyasida «O‘zbekistonda xususiylashtirishning asosiy bosqichlari» to‘g‘risida maʼruza qilgan.

1999-yili Venada ESCASning VII konferensiyasida «O‘zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirishning ayrim masalalari» mavzusida maʼruza qilgan.

Ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyati[tahrir]

1965-yilda "Tog‘dan qancha suv keladi?" (Toshkent, O‘zbekiston. 40 b.,) deb nomlangan birinchi kitobchasi nashr etilgan.

Uning rahbarligida Xisamieva G.J. nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 20 dan ortiq Fan nomzodi va doktorlik dissertatsiyalariga rasmiy oppenentlik qilgan.

Abduxalil Razzoqovning eʼlon qilingan asarlari bibliografiyasi 400 dan ortiq nomda bo‘lib, shulardan 50 tasi monografiya, darslik va risolalar.

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasida  82 ta ilmiy maqola eʼlon qilingan.

Asosiy ilmiy asarlari[tahrir]

1. Inson va suv. (R.Egamberdiev bilan birga). Toshkent, O‘zbekiston KP MK birlashgan nashriyoti. 1971 yil-40 b. 

2. Meloratsiyaning xalq usullari. T., O‘zbekiston. 1982 yil-24 b. 

3. Iz istorii melioratsiya zemel Uzbekistana. INION AN SSSR, № 17110. 1982 yil-108 str.

4. O‘zbekistonda qo‘riq yerlarni sug‘orish, o‘zlashtirish va meloratsiyalash tarixidan (Mirzacho‘l misolida). (R.Egamberdiev bilan birga). Toshkent,  Fan. 1984 yil-286 b..

5. O‘zbekiston melioratsiyasi: o‘tmish, bugun, kelajak. T., Fan. 1988 yil-48 b.

6. Suv va hayot. T., Mehnat. 1991 yil-152 b.

7. Актуальные проблемы экономики Узбекистана переходного периода. Ташкент, ТГЭУ.  II Глава. 1996 г.-(с. 5-14).

8. Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi. O‘quv qo‘llanma. (Sh.Toshmatov va N.O‘rmonov bilan hamkorlikda). T., Fan, 1997 yil-hajmi 27.9 b.t..

9. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti tahlili. O‘quv qo‘llanma. T., TDIU, 2001 yil-86 b.

10. Yetakchi mamlakatlar iqtisodiyoti. O‘quv qo‘llanma. T., TDIU, 2002 yil-112 b.

11. Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi. Darslik. (Sh.Toshmatov va N.O‘rmonov bilan hamkorlikda). T., Moliya, 2002 yil-492 bet.

12. Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari. T., TDIU. 2004 yil-65 bet.

13. O‘rta Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g‘oyalari. T., TDIU. 2004 yil-80 bet.

14. Nobel mukofoti laureatlari (iqtisodchilar). T., 2009. 88 bet.

15. Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari. T., “O‘zbekiston”, 2011 yil-248 bet.

Manbalar[tahrir]

  1. TDIU olimlari. Toshkent, TDIU, 2001.
  2. TDIU, "Iqtisodchi" gazetasi, 2013 yil, 12-son.