Abduvosi Yusupov
Abduvosi Yusupov | |
---|---|
Tavalludi |
1900-yil |
Vafoti |
4-oktyabr 1938-yil Namangan shahri |
Fuqaroligi | SSSR |
Faoliyat yillari | 1918—1937-yillar |
Abduvosi Yusupov (1904-yilda tugʻilgan — 1938-yil 4-oktyabrda vafot etgan) — Namangan uyezd-shahar militsiyasida ish yurituvchi, soʻngra shu tashkilotning axborot boʻlimi mudiri. Namanganda savodsizlikni tugatish favqulodda komissiyasining mudiri. Namangan shahridagi 3-son Yog‘ zavodi direktorining yordamchisi. Yangiqo‘rg‘ondagi MTS direktori o‘rinbosari. Namangan shahri prokurori. Namangan, Oyim, Baliqchi tumanlari partiya komitetlari va ijroiya komitetlari aʼzosi.
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1918—1920-yillar oraligʻida Namangan shahridagi 4-sonli Sovet rus maktabida 2 yil taʼlim olgan, 1924-yildan 1925-yilgacha Toshkentdagi savodsizlikni tugatish kursini tamomlagan[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1918—1920-yillarda Namangan uyezd-shahar milisiyasida ish yurituvchi sifatida faoliyat yuritgan. 1920—1922-yillar oraligʻida uyezd-shahar milisiyasining tashkiliy axborot bo‘limi mudiri, 1923—1924-yillarda esa Namanganda savodsizlikni tugatish favqulodda komissiyasining mudiri boʻlib ishlaydi. 1925-yildan to 1927-yilgacha Namangan shahridagi 3-son Yog‘ zavodi direktori yordamchisi; 1927—1928-yillari siyosiy maorif mudiri; 1928—1930-yillari tuman paxta soyuzi idorasi raisining o‘rinbosari; 1930—1933-yillari Namangan shahri partiya komitetida instruktor va tashkiliy bo‘lim mudiri o‘rinbosari; 1934-yil Oyim tumanida partiya komiteti tashkiliy bo‘lim mudiri; 1934—1935-yillari Baliqchi tumanida partiya komiteti sekretarining o‘rinbosari; 1935-yilda Yangiqo‘rg‘ondagi MTS direktori o‘rinbosari, 1935-yil 15-martdan Namangan shahri yer bo‘limi mudiri; 1936-yilning 19-iyunidan boshlab Namangan shahri prokurori lavozimida, 1931-yildan 1936-yilgacha Namangan, Oyim, Baliqchi tumanlarida partiya komitetlari va ijroiya komitetlariga aʼzo bo‘lib saylangan. Rus va o‘zbek tillarini bilgan[1].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abduvosi Yusupov 1938-yil 5-okyatbrdagi SSSR Oliy sudi harbiy hamjamiyati sayyor sessiyasining yig‘ilishida otishga hukm qilindi va hukm o‘sha kuni otib tashlandi[2].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432-bet. ISBN 978-9943-00-481-8.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432-bet. ISBN 978-9943-00-481-8.
- ↑ RF FXXMA. 7-fond, 1-ro‘yxat, 10-ish — 543-bet.