Oyim tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oyim tumani
tuman
Tegishli Andijon okrugi
Fargʻona viloyati
Andijon viloyati
Tarkibida 8 ta qishloq soveti
Maʼmuriy markazi Oyim qishlogʻi
Asos solingan sanasi 1929-yil
Bekor qilingan sanasi 1959-yil
Aholi 21 580 kishi (1939)
Maydoni 210 km²
Xaritada

Oyim tumani — Oʻzbekiston SSR Andijon okrugi, Fargʻona va Andijon viloyatlarida 1929—1959-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy birlik.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oyim tumani 1929-yilda Andijon okrugi tarkibida tashkil etilgan. Markazi Oyim qishlogʻi.

1930-yilda okruglar tugatilishi munosabati bilan tuman bevosita respublika boʻysunuviga oʻtdi.

1938-yil 15-yanvarda tuman Fargʻona viloyati tarkibiga kiritildi, 1941-yil 6-martda esa Andijon viloyati tarkibiga oʻtkazildi.

1948-yil 1-oktyabr holatiga koʻra, tuman tarkibida 8 qishloq Soveti: Oyim, Dardak, Dardaktepa, Qiziltoʻqay, Koʻkalon, Quritqi, Toshloq va Teshiktosh kirgan[1].

1959-yilda Oyim tumani tugatildi.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1939-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotiga koʻra, tumanda 21 580 kishi istiqomat qilgan, jumladan oʻzbeklar 61,2%, qirgʻizlar 26,7%, tojiklar 3,5%, uygʻurlar 2,6%, ruslar 2,2%, tatarlar 1,6% tashkil etgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Административно-территориальное деление Узбекской ССР, Ташкент, 1948. 
  2. „Всесоюзная перепись населения 1939 года. Национальный состав населения районов, городов и крупных сел союзных республик СССР“. Демоскоп. 2021-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.