Abduvali Abduvahobov
(Abduvahobov Abduvali Abdusamatovichdan yoʻnaltirildi)
Abduvali Abdusamatovich Abduvahobov (1941.11.7, Toshkent) — O‘zbekiston fanlar akademiyasi akad. (1995). Kimyo fanlari d-ri (1979), prof. (1981). Toshkent Davlat Universiteti bitirgan (1965). O‘zbekiston fanlar Bioor-ganik kimyo institutida laboratoriya mudiri (1973 yildan), shu institut direktori (1987— 93), O‘zbekiston fanlar Kimyo-texnologiya va Yer haqidagi fanlar bo‘limining raisi (1992— 94), vitse-prezidenti (1994-97). A. fiziologik faol moddalarning noziq organik sintezi, stereokimyo, qisqa mo-lekulali bioregulyatorlar molekulyar ta’sir mexanizmining kimyoviy mohiyati ustida tadqiqotlar o‘tkazgan. Uning rahbarligida hasharotlarning kimyoviy ekologiyasi bilan bog‘liq izlanishlar olib borildi.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() |
Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |