Abdussamad al-Forobiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdussamad al-Forobiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti XIV asr
Dini Islom
Tanilgan sohasi Faqih

Abdussamad al-Forobiy (arabcha: عبد الصمد الفارابي — Zahiruddin Abdusamad ibn Mahmud al-Forufiy al-Forobi) — Faqih.

Abdusamad al-Forobiy XIII asrda Forob shahrida tug‘ilgan. U faqih va usul al-fiqh ilmini puxta oʻzlashtirgan. Abdusamad al-Forobiy oʻzidan faqih va usul al-fiqh ilmiga oid boy ilmiy meros qoldirgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

•"Tavoliʼu-l- anzor li-l-Bayzoviy" („Bayzoviyning karashlariga oydinlik kiritish“);

•"Sharhu Minhoji-l-vusul ala ilmi-l-usul li-l-Bayzoviy" („Bayzoviyning ilmi uslul asarini oʻzlashtirish uslubiga sharh“). Muallif bu asarlarning tahriri va tabyizi (oqqa koʻchirish)ni 707/1307 yilda yakunlagan[1].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdussamad al-Forobiy XIV asrning birinchi yarmida vafot etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Kahhola Umar Rizo. Muʼjamu-l-muallifiyn. J.2. — Bayrut: Dor ihyoi-t-turosi-l-arabiy, 2009. 154.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

•Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007. 270.