Abdussalom al-Muborakpuriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdussalom al-Muborakpuriy (toʻliq nomi — Abulhuda Muhammad Abdussalom ibn ash-Shayxxon Muhammad) (1872-1924) — hadisshunos, tarixchi. Hindistondagi Muborakpur qishlogʻida ziyoli, taqvodor oilada dunyoga kelgan. Qurʼoni Karim, hadisi sharif, tafsir, fiqh, tarix, hikmat va tabobat ilmlari boʻyicha zamonasining eng yirik allomalaridan taʼlim olgan. 22 yildavomida boshlangʻich va oliy madrasalarda, soʻng umrining oxirigacha „Dor ul-hadis ar-rahmoniyya“ universitetida mudarris. Uzoq yillar olib borgan tadqiqotlariga tayanib, islom ilmi va tarixga doir bir qancha asarlar yaratgan. Ulardan „Siyrat al-Imom alBuxoriy“ islom olamida mashhur boʻlib, qadis ilmi va muhaddislar xususidagi asarlarning eng batafsili va mukammali hisoblanadi. Bu asar 1955-86 yillarda Banorasda ikki marta nashr etilgan.[1]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.