Raʼno Abdusamatova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Raʼno Jabborovna Abdusamatova (1939.10.01, Oltiariq tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchi (1995). Fargʻona pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1962). 1962-71 yillarda Fargʻona tumanidagi 4- va 19-maktabda, 1971-yildan 3-maktabda rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi. Raʼno Abdusamatova maktabda tashkil etgan rus tili va adabiyoti xonasi tuman va viloyat koʻrik tanlovlarida gʻolib deb topilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil