Abdurrahmon ibn Saxr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdurrahmon ibn Saxr Abu Hurayra Davsiy (arabcha: عبد الرحمن بن صخر أبو) — sahoba. Ismida juda ko’p ixtiloflar bor. Abdushshams ibn Saxr, Abdurrahmon ibn Saxr, Abdurrahmon ibn G’anam, Abdurrahmon ibn Omir va boshqa ismlar bilan ham atalgan. Nabiy alayhi vasallam uni Abu Hurayra deb kunyalagan. Abu Hurayra keng yelkali, qoramtir rangli, yumshoq tabiatli, hazlkash kishi bo’lgan, u kishi rasululloh Xaybardan qaytayotgan vaqtlarida birgalikda Madinaga kelgan. U as’hobus-suffa yani Rasulullohning masjidlaridagi suffada yashab, u kishidan ko’p hadis eshitgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Hurayrani eshitgan ilmini hadisini unutmasligi uchun duo qilganlar. Ahmad ibn Hanbal Abu Hurayradan rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari ichida Abdulloh ibn Amrdan boshqa biror kishi mendan ko’ra ko’proq hadis rivoyat qilgan emas, chunki u yozar edi, men yozmas edim” (Termiziy rivoyat qilgan) Undan Anas ibn Molik, Avs ibn Xolid, Busr ibn Said, Bashir ibn Nahik, Bashir ibn Ka’b, Ja’far ibn Iyoz, Hasan Basriy va boshqalar hadis rivoyat qilishgan. Abu Hurayra ellik yettichi yilda madinada vafot etgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Imom Hofiz Ahmad ibn Aliy ibn Hajar Asqaloniy. Al-isoba fi tamyizi as-sahoba. -Bayrut: Darul kutubul ilmiyya, 1995.