Abdurazzoq Abdurahmonov
Abdurahmonov Abdurazzoq (1874, Qoʻqon — 1938, Toshkent) — yogʻoch uymakori; otasi usta Abdurahmondan hunar oʻrgangan. Islimiy naqshlar ustasi sifatida shuhrat qozongan. U yogʻochga oʻygan naqshlar qoʻshimcha bezak (pardoz)larga boyligi bilan diqqatga sazovor. Abdurazzoq asosan meʼmorlikka oid oʻymakorlik sohasida ishlagan. 1934-yilda Toshkentdagi Xalq xoʻjaligi muzeyi (hozirgi Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi)ning ikki tabaqali katta eshigini oʻyib naqshlagan. Koʻplab shogirdlar (jumladan, M. Qosimov va boshqalar) tayyorlagan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |