Abdurashid Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abdurashid Moʻminovich Rahimov (1945.10.12, Toshkent) — chitgar, Oʻzbekiston xalqustasi (1999). Hunarni otasi usta Abdumoʻmindan oʻrgangan. "Metallremont" k-tida rassom (1962—79). 1977 yildan "Us to" birlashmasida chitgar usta. R. ijodida Toshkent matoga gul bosish maktabi anʼanalarini rivojlantirmoqda, mehnat faoliyatida zamonaviy xom ashyolardan foydalanib anʼanaviy uslubda yangi naqsh (gul) mujassamotlarini qoʻllagan holda asarlar (dasturxon, choyshab va boshqa buyumlar) yaratadi, zamonaviy bichimdagi liboslar uchun gulli matolar tayyorlaydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil