Abduraim Homidov
Qiyofa
| Abduraim Homidov | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
20-oktyabr 1943-yil |
| Vafoti |
10-dekabr 2025-yil (82 yoshda) |
| Fuqaroligi |
|
| Mukofotlari |
|
Abduraim Homidov (1943.20.10, Toʻraqoʻrgʻon tumani Shahand qishlogi — 10-dekabr 2025-yil) – usta dehqon, Oʻzbekiston Qahramoni (2004). Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi „Oʻzbekiston“ shirkat xoʻjaligida mexanizatorlikdan boshlagan. 1974-yildan shu xoʻjalikda brigada boshligʻi, bosh pudratchi. Homidov paxtachilikda keng kultivatsiya, chuqur egat olish, oʻgʻitlash sonini koʻpaytirish kabi yangi agrotexnologiyalarni yaratdi va qoʻlladi, gʻalladan 67,6, paxtadan 45 s/ga (2003) hosil yetishtirishga, shartnomaviy rejalarni muntazam oshirib bajarishga erishdi. Koʻplab shogirdlar yetishtirdi. „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan (2001).
Abduraim Homidov 2025-yil 10-dekabr kuni vafot etgan[1].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O‘zbekiston Qahramoni Abduraim Hamidov vafoti munosabati bilan hamdardlik“. president.uz. 2025-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 14-dekabr.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |