Abdurahmonbegi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"Abdurahmonbegi" – keng tar-qalgan o‘zbek mumtoz ashula yo‘llari turkumi, Abdurahmonbek ijrochilik san’ati va ijodi bilan bog‘liq. Buzruk maqomining Savti Sarvinoz sho‘’basiga ohangdosh. Uch qism (saraxbor, soqiynoma va ufar usullari bilan ijro etiladigan asarlar)dan iborat. Hoji Abdulaziz Ra-sulov, Yunus Rajabiy "A." yo‘llarini mukammal o‘zlashtirib, aynan shu us-lub yo‘nalishida kuylar yaratishgan. "A."ning turli yo‘llari "O‘zbek xalq musiqasi" to‘plamining 1-, 2- va 4- jildlarida nashr etilgan: "A." va "Ufari A." (Muqimiy g‘azallari), "A." (Muqimiy) va "Savti A." (Furqat), "A. III". Bularga taqlidan yaratilgan ashula va cholg‘u yo‘llari ham ma’lum.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil