Abdurahmon Abdurazzoqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Abdurahmon Abdurazzoqov (1952. 6.8, Bekobod) – Oʻzbekiston Qahramoni (2003). Mehnat faoliyatini 1969-yildan Oʻzbekiston metallurgiya zavodi taʼmirlash xoʻjaligi sexida oddiy ishchilikdan boshlagan. Marten sexida poʻlat quyuvchi (1970-77), 1977-yildan elektrda poʻlat eritish sexi operatori. Korxonada jahon talablariga mos keladigan poʻlat eritish texnologiyasini joriy etishda mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash boʻyicha ratsionalizatorlik takliflarini kiritgan, natajada sexda har oyda 30 ming t oʻrniga 40 ming t.dan ortiq metall eritma olinishga erishildi. Abdurazzoqov oʻz mehnat faoliyati davomida koʻplab shogirdlar yetishtirdi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Abdurahmon Abdurazzoqov" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil