Abdurahim Obidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdurahim Obidovich Obidov (1929.15.10, Toshkent — 2010) — mikrobiologimmunolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1968), tibbiyot fanlari doktori (1965), professor (1967). ToshTIni tugatgach (1953), Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi tez yordam st-yasi bosh vrachi (1953—54), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻlka tibbiyot institutida katta ilmiy xodim-doktorant (1960—63). Vaksina va zardoblar ilmiy tadqiqot institu-ti direktori (1963-82), laboratoriya mudiri (1982—83), ayni vaqtda ToshTI mikrobiologiya ka-fedrasi mudiri. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti laboratoriya mudiri (1983-yildan). Asosiy ilmiy ishlari mikroblar genetikasi, vaksinalarning inson organizmi himoya omillariga taʼsiri, yuqumli ichak infeksiyalari ekspres diagnostikasi, disbak-teriozlarni oʻrganishga oid. Turli ilonlar va qoraqurt zahariga qarshi zardoblar, shuningdek, stafilokokka qarshi gamma-globulin ishlab chiqarishga rahbarlik kil ga n.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Geneticheskiye rekombinatsii i atipichnie kishechnie bolezni, T., 1971; Kurik-ketsioz v Oʻzbekistone, T., 1975.