Abdurahim Nizoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abdurahim Nizoriy (1770, Qashqar – 1848, Turfon) – uyg‘ur shoiri, xattot. Qashqar hokimi Zuhriddinbek saroyida bosh mirza bo‘lgan. Qashqar, Xo‘tan, Uchturfon, Kuchor va Turfon kabi shaharlarda madrasalar qurdirgan, adabiyot, san’atga doir asarlarni to‘plagan. Maktab va madrasalar uchun Hofiz va Navoiy asarlari asosida "Xo‘ja Hofiz", "Navoiy" nomli darsliklar tuzgan (1805). Uyg‘ur adabiyotida birinchi bo‘lib to‘qqiz doston ("Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Vomiq va Uzro", "Chahor dar-vesh", "Mahzun va Gulniso", "Mas’ud va Diloro", "Robiya va Sa’din", "Durr un-najot", "Malika va shoh")dan iborat "Muhabbat dostonlari" turkumini yaratgan. Har bir doston debochasida Navoiy haqida so‘zlab uning dostonlaridan na-munalar keltirgan. Ijodiy merosi 20 ga yaqin doston, 80 dan ziyod muhammas (40 tachasi Navoiy g‘azallariga bog‘langan), bir qancha qissa, qasida va boshqalardan ibo-rat. U Navoiy, Umar Xayyom, Hofiz, Bedil she’rlarini, "Shohnoma"ni, "Ming bir kecha"ning 370 dan ortiq hikoyatini uyg‘ur tiliga tarjima qilgan. Navoiy kulliyotining A. N. ko‘chirgan nodir nusxasi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qo‘lyozmalar institutida 2saqlanadi (inv. № 136).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil