Abduqodir naychi Ismoilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abduqodir naychi Ismoilov (1888, Qo‘qon — 1951.22.2, Toshkent) — sozanda. O‘zbekiston xalq artisti (1941). 13 yoshidan otasi Ismoil Naychidan Tana-vor, Yovvoyi Chorgoh, Dugoh, Suvora, Sar-bozcha, Mirzadavlat, Ajam yo‘llarini o‘rgangan. "Sayyor truppa"da Ahmadjon Qo‘shnay, Yusuf Qiziq, Muhiddin Qoriyoqubov, Tamaraxonim, Us t a Olim kabi san’atkorlar safida bo‘lgan. 1926 yilda tashkil etilgan "Etnografik truppa" safida bo‘lib, ansamblning 1927 yilgi Rossiya va Kavkaz gastrollarida qatnashgan. 1928 yilda Samarqand musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot institutida, keyin O‘zbek musiqa teatrida (1929-35) ishlagan. 1935 yildagi Xalqaro raqs festivalida (London) qatnashgan va oltin me-dalga sa-zovor bo‘lgan. O‘zbek adabiyoti va san’ati dekadasi (1937 yil)da va 1930 yildagi teatr Olimpiadasida ishtirok et-gan. Xalq kuylari va mumtoz o‘zbek cholg‘u kuylarini fonografga yozdirgan. S. Kalonov, A. Qodirov, D. Soatqulov kabi yetuk naychilarga ustozlik qilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil