Abduqodir muhandis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abduqodir muhandis, Abduqodir Boqiyev (1868–Samarqand – 1934) – xalq me’mori, koshinsoz usta. Abduqodir muhandis 20- yillargacha Ulug‘bek madrasasi ravoqining nuragan madohil gulli lavhalarini koshinlagan. Xizr masjidi, Yangi Madrasa, Qo‘shhovuz mu-azzinxonasi kabi binolarning koshin-korlik ishlarini bajargan. Keyinchalik Samarqand tarixiy obidalarini tiklash ishlariga boshchilik qilgan. 30-yillarda Tillakori madrasasining koshinsozlik ishlarini olib borgan. U Buxorodagi Minorai kalon zahalarini havozasiz tuzatdi. Sankt-Peterburgdagi Duma binosi, Afg‘onistondagi Mozori Sharif va O‘rta Osiyodagi ko‘plab me’moriy yodgorliklarni tiklash ishlarida qatnashgan. Samarqand Registonida toshdan "Quyosh soati"ni qurgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil