Abdumajid Hakimjonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdumajid Hakimjonov (1904-Toshkent — 1990) — grafik rassom, Oʻzbekiston xalq rassomi (1950). Havaskor bolalar toʻgaraklarida rasm chizishni oʻrganib, Turkiston rassomlik texnikumida oʻqigan (1920—23). 1921-yildan "Bolalar dunyosi" jurnali sahifalarida rasmlari bosilgan. 1923—26 yillarda Leningradda koʻp rangli mat-baa boʻyicha malaka oshirib, Toshkentga qaytgach, 1964-yilgacha rangli magbaa sohasida ishlab, koʻpgina shogirdlar yetishtirgan. Respublika gazeta va jur-nallari, ayniqsa "Mushtum" sahifalarida satirik ruhdagi rasmlari, pla-katlari bosilgan.