Abdulmannon kotib Abdulvahhob oʻgʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search


Abdulmannon kotib Abdulvahhob oʻgʻli (1880, Toshkent – 1945) – xattot. Abdulmannon kotib Abdulvahhob oʻgʻli tomonidan nastaʼliq xati bilan koʻchirilgan 20 dan ortiq qoʻlyozma Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanmoqda. Bular orasida Navoiyning "Hamsa" (1905) va "Majolis un-nafois" (1917), Mirzo Salimbekning "Kashkuli Salimiy" (1912), Binoiyning "Bogʻi eram" (1917), Afzal Pirmastiyning "Afzal ut-tazkor" (1917) kabi asarlari bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil